Olimpiadada golfchilarning musobaqada qatnashishlariga timsoh va kapibarlar xalaqit qilmoqda. Video

15:26, 19 avgust

Barcha chet el OAVlari Rioda golf musobaqalarini o`tkazish maydonlarini bu erlarda anchadan beri yashaydigan kapibar va boshqa hayvonlar egallab olgani haqida yozmoqda, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Chaqirilmagan mehmonlar orasida timsoh ham borligi odamni hayratga soladi.

Rio hukumati hayvonlarga qarshi barcha choralarni ko`rishganiga qaramay, qo`llaridan hech nima kelmayotganini tan olgan. Hayvonlar o`zlari o`rgangan joylaridan ketishni istamagan.

Rioda sport musobaqalari 21 avgustga qadar davom etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!