Misrda semiz teleboshlovchilarning efirdan chetlatilishi turli noroziliklarga sabab bo`ldi

16:02, 19 avgust

Misr telekanallaridan biri efirda boshlovchilik qiluvchi sakkiz nafar ayolni semizligi uchun efirdan chetlashtirdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.  

Bu hodisa dunyo miqyosida muhokama qilinib, ommaviy noroziliklarga sabab bo`ldi. Mamlakat telekompaniyasi rahbari Safaa Xegazi sakkiz nafar boshlovchi ayolga bir oy mobaynida ozish shartini qo`ygan. Mabodo ular belgilangan muddatda shartni bajarishmasa, ishdan chetlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Misrda bu voqea inson huquqlarini himoya qiluvchilarning noroziligiga sabab bo`ldi.

“Axmoqgarchilik! Unda Opra Uinfrini nima qilish kerak?” deb voqeani izohladi Rossiya jamoatchilik televideniesi bosh direktori Anatoliy Lisenko.

“Albatta, bu voqeani eshitgan har bir odam “Axmoqgarchilik!” deydi. Bunday vaziyatda avvaliga semizlar, keyin tashqi qiyofasi xunuklar, oxirida esa ko`zi qisiqlar ishdan bo`shatiladi”, deb qo`shimcha qildi Rossiya jurnalistlar uyushmasi raisi Timur Shafir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!