Rio–2016. O`zbekistonlik taekvondochi Nigora Tursunqulova Olimpiadani g`alaba bilan boshladi

19:26, 19 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining taekvondo dasturidan o`rin olgan bellashuvlarga start berildi.

Ayollar o`rtasidagi 67 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nigora Tursunqulova ilk jangini shvesiyalik Elin Yoxanssonga qarshi boshladi.

Jangning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Qo`shimcha vaqtda esa jangdagi ustunlik bo`yicha hamyurtimiz g`alaba qozonib, keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritdi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!