Kaliningraddagi ko`cha taomlari festivalida o`zbekcha osh damlandi (Foto)

11:16, 20 avgust

Rossiyaning Kaliningrad shahrida Street Food Kaliningrad 2016 shahar piknigi ochilish marosimida tashrifchilar uchun o`zbekistonlik taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy va «Vkusniy Uzbekistan» loyihasi ishtirokchilari osh pishirib berdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda

Ta`kidlanishicha, rossiyaning eng g`arbiy shahri aholisi va mehmonlari palovning uch xil: farg`onacha, toshkentcha to`y va samarqandcha turlarini tatib ko`rish va taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lgan.

Farg`onacha va toshkentcha to`y oshi O`zbekiston delegasiyasi tomonidan tayyorlangan bo`lsa, «Pryanosti i Papa» restoran loyihasi tashabbuschisi kaliningradlik Katerina samarqandcha osh damladi. Yosh pazanda ushbu palov resepti uchun ataylab Samarqandga borib kelganini ta`kidladi.

Kaliningradda ushbu festival 16 avgustda boshlangan bo`lib, 22 avgustga qadar davom etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!