Xitoyda hafta davomida uchinchi general o`z joniga qasd qildi

11:32, 20 avgust

Xitoyning Milliy ozodlik armiyasi general-mayori Chen Sze o`z joniga qasd qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri 

Uning jasadini 5 avgust kuni Guandun viloyatidagi Shenchjen shahrida joylashgan harbiy kazarmalaridan birida topishgan bo`lsa-da, bu haqda 19 avgust kuni xabar tarqalgan.

Nashrning ma`lum qilishicha, generalning o`limiga ko`p miqdordagi uyqu dorisini qabul qilgani sabab bo`lgan. U amal pillapoyalaridan tezlikda ko`tarilgan. So`nggi vaqtlarda siyosiy komissar vazifasida xizmat qilgan. O`limidan bir kun ilgari navbatdagi yuqori lavozimga ko`tarilgan. U 20 avgust kuni dafn etiladi.

So`nggi haftada Chen Sze Xitoy harbiylari orasida o`z joniga qasd qilgan uchinchi odamdir. Ekspertlarning fikricha, uning o`z joniga qasd qilishiga Xitoy Milliy ozodlik armiyasining poraxo`rlikning oldini olish maqsadida antikorrupsion tergovlarni o`tkazayotgani sabab bo`lgan. Hozircha uning pora olgani tasdiqlanmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!