Oxiri ajrashish bilan yakun topadigan nikohning 10 belgisi

14:47, 20 avgust

Oila qurilgandan keyin, har qanday oilaga ham ajrashish xavf solishi mumkin. Har qanday munosabatlarga ham bir kun kelib putur etadi. Agar siz uchun aziz bo`lgan odamingizni, muqaddas oilangizni saqlab qolishni istasangiz, quyidagi holatlarga e`tiborli bo`ling:

1.  To`y oldidan kelin ikkilanadigan bo`lsa. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, to`y oldidan kelin qaroridan ikkilanadigan bo`lsa, bunday juftlikning ajrashib ketish xavfi ikki barobar kuchayadi. Ammo kuyov qanday qarorga kelmasin, bu ularning kelgusi hayotiga ta`sir qilmaydi.

2.  Kelin-kuyov juda yosh yoki 32 yoshdan katta bo`lsa. Albatta baxtli turmush kechirish uchun yoshning ahamiyati yo`q, ammo har qanday yoshning ham o`ziga yarasha tashvishlari bor. Hayotiy tajribaga ega bo`lmagan yoshlar turmush qurgandan keyin har birining o`ziga yarasha maqsadi paydo bo`ladi. 10−15 yil o`tgandan keyin ular shaxs sifatida shakllanib, o`zi istamagan odam bilan yashayotganini his qila boshlaydi.

Ikkinchi tomondan 32 yoshdan keyin turmush qurganlarning nikohi ham omonat bo`lar ekan. Chunki ular yolg`izlikka, ozodlikka, mustaqillikka o`rganib qolganidan yonidagi odam ularga xalaqit qilayotgandek tuyuladi.

3.  Oilada faqat qiz farzandlarning tug`ilishi. Bunga erkaklarning uylangandan boshlab, merosxo`r, o`g`il farzand ko`rishni istashi sabab bo`ladi. O`g`ilmi, qizmi Xudoning inoyati! Ularning har ikkisiga ham ota-ona mehri kerak. Qiz farzand ko`rgan odam baxtsiz odam degani emas!  

4.  “Ajrashish ota meros”. Agar sizning ota-onangiz ajrashgan bo`lsa, sizning oilangizga ham ajrashish 40 % xavf solishi mumkin. Nima qilish kerak? Ularning xatolaridan xulosa chiqarib, kelajakda bunday xatolarga yo`l qo`ymaslikka harakat qilish lozim.

5.  Qarzlar. Pul muammosi har doim stresslarga sabab bo`ladi. Oilada er va xotindan birining ishlashi, ikkinchisining bekor qolib, bor pulni giyohvandlikka, ichkilikka sarflashlari mumkin. Shundan er-xotin o`rtasida mojaro chiqib, oila buzilish xavfi tug`iladi.

6.  Er-xotindan birining “xavfli” kasbda ishlashi. “Xavfli” kasblar ro`yxatiga nafaqat harbiy va ichki ishlar xodimlarining kasbi, balki qaysi sohada ishlashidan qat`i nazar, asosiy vaqtini ishda o`tkazadigan odamlar kiradi. Bu ro`yxatga raqqosalar, xoreograflar, enagalar, barmenlar va psixologlar kiritildi. Chunki ular asosiy vaqtini oiladan tashqarida, begona odamlar bilan o`tkazadilar.

7.  Ayol eridan ko`p pul topsa. Eridan ko`p pul topadigan ayollar, ko`p hollarda oila boquvchisi o`zi bo`lgani uchun eriga past nazar bilan qaraydi. Iqtisodiy tomondan mustaqil bo`lgandan keyin eriga oila boquvchisi deb qaramaydi.

8.  Ayolning yoshi eridan katta bo`lsa. Muhabbat yosh tanlamaydi deyishadi, ammo yuqorida aytib o`tganimizdek, har bir yoshning o`ziga xos xususiyati bor. Er-xotin yoshlari o`rtasidagi farq tufayli bir-birini tushunmasligi mumkin. 

9.  Er-xotindan birining o`zini haq deb hisoblashi. Turmushda er va xotinning bir-biriga bo`lgan munosabati asosiy omil vazifasini o`taydi. Ulardan birining kamsitishi, erga urishi, hurmat qilmasligi ham ajrashishga sabab bo`ladi.

10.   Eng oxirgi g`alati fakt: Ko`p hollarda kuyov bolaligida suratga kulmasdan, xo`mrayib tushgan bo`lsa, kelajakda pessimist bo`lib voyaga etadi. Bunday odam bilan yashash esa oson bo`lmaydi.

ASOSIYSI: Baxtli yoki baxtsiz bo`lish o`z qo`lingizda! Har qanday irim-sirimlarni yuragingizga yaqin olmang. Juftingizdan mehringizni, muhabbatingizni ayamang, hurmat-e`tiborli bo`ling! 
                                                                                                                                      Sosmo.ru

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!