Rio–2016. O`zbekistonlik taekvondochi Dmitriy Shokin Olimpiadani g`alaba bilan boshladi

19:34, 20 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining taekvondo dasturidan o`rin olgan, vazni 80 kilogrammdan yuqori bo`lgan sportchilar o`rtasida bellashuvlar boshlandi.

Mazkur bellashuvlarda O`zbekiston vakili Dmitriy Shokin dastlabki jangini xitoylik Sen Siaoga qarshi o`tkazib, 15:8 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo`l oldi.

Chorak finalda hamyurtimiz kubalik Rafael Kastiloga qarshi kurash olib boradi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!