Rio–2016. Bektemir Meliqo`ziev O`zbekistonga ikkinchi kumush medalini taqdim etdi!

23:25, 20 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -75 kg vazn toifasida ishtirok ettgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo`ziev final jangida kubalik Arlen Lopesga qarshi kurash olib bordi.

Afsuski, ushbu jangda kubalik sportchiga omad kulib boqdi va u 3:0 hisobida zafar quchdi. Shunday bo`lsa-da, Bektemir O`zbekiston terma jamoasiga ikkinchi kumush medalni taqdim qildi.

Boks musobaqalarida yana ikki nafar hamyurtimiz – Fazliddin G`oibnazarov va Shahobiddin Zoirov oltin medal uchun kurashadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!