Rio–2016. Dmitriy Shokin qiyinchilik bilan yarim finalga chiqdi

00:12, 21 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari taekvondo bahslarining +80 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Dmitriy Shokin chorak finalda kubalik Rafael Kastiloga qarshi bahs olib bordi.

Anchagina qiyin kechgan bellashuvning asosiy va qo`mishcha vaqtlarida 0:0 hisobi qayd etildi. Faollik ko`rsatgani uchun Dmitriy Shokin yarim finalga yo`l oldi.

Eslatib o`tamiz, nimchorak finalda vakilimiz xitoylik Sen Siani 15:8 hisobida taslim qilgandi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!