“Barselona” chempionlik himoyasini yirik g`alaba bilan boshladi

01:12, 21 avgust

Ispaniya chempionati 1-turida amaldagi chempion “Barselona” o`z maydonida “Betis” futbolchilarini qabul qildi.

O`yin kutilganidek “Barselona”ning ustunligida o`tdi. Uchrashuvda Luis Suares xet-trik, Lionel Messi dubl qayd etgan bo`sla, Arda Turan ham o`z nomini bir marta tabloga yozdirdi.  

“Betis” hujumchisi Ruben Kastro ikkita gol bilan javob qaytardi. Yakuniy hisob – 6:2, kataloniyaliklar qoydasiga.

“Barselona” – “Betis” – 6:2 (3:1, 3:1)

Gollar: 1:0 – 6 Turan, 1:1 – 21 Ruben Kastro, 2:1 – 37 Messi, 3:1 – 42 Suares, 4:1 – 56 Suares, 5:1 – 58 Messi, 6:1 – 82 Suares, 6:2 – 84 Kastro.

“Barselona” – Bravo, Alba (Din, 76), Pike, Umtiti, Rakitich, Serdji Roberto, Buskets, Denis Suares (Munir, 70), Turan, Luis Suares, Messi.

“Betis” – Adan, Pesselya, Mandi, Bruno Gonsales, Durmisi, Guterres (Musonda, 55), Sexudo, Marten (Sebalos, 36), Petros (Fabian, 59), Sanabriya, Ruben Kastro.

Ogohlantirishlar: Sexudo (45), L.Suares (62), Sebalos (68), Kastro (77).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!