Rio–2016, erkin kurash. Ixtiyor Navro`zov qiyin kechgan o`yinda O`zbekistonda oltinchi bronzani keltirdi

22:22, 21 avgust

Rio-de-Janeyro shahrida Olimpiada o`yinlarining oxirgi kuni davom etmoqda. Unda erkin kurash bahslari o`z yakuniga etdi.

65 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Ixtiyor Navro`zov bronza medali uchun kurashda monlogiyalik kurashchi bilan 7:7 hisobini qayd etdi.

6:7 hisobida imokniyatni boy berayotgan Navro`zov so`nggi soniyalarda ochko olish uchun harakat qildi. Uning raqibi esa qochib qolgani uchun ogohlantirilda va so`nggi ochko hamyurtimizga berildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!