Rio–2016. Shahobidin Zoirov O`zbekistonga uchinchi oltin medalni taqdim qildi!

22:38, 21 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining 52 kg vazn toifasida jang olib borgan hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov final jangida rossiyalik Misha Aloyanga qarshi bahs olib bordi.

Shiddatli kechgan bahsda bokschimiz 3:0 hisobida g`alaba qozondi va Olimpiadaning oltin medaliga sazovor bo`ldi.

Bu O`zbekiston uchun hisob bo`yicha uchinchi oltin medal bo`ldi. Bundan tashqari O`zbekiston hisobida 2 ta kumush va 6 ta bronza ham bor. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!