Rio–2016. Magomed Ibragimov O`zbekistonga ettinchi bronzani tortiq qildi!

23:23, 21 avgust

Rio—2016 Olimpiadasining 97 kilogrammgacha bo`lgan erkin kurashchilari o`rtasidagi turnirida O`zbekiston sharafini himoya qilgan Magomed Ibragimov bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Magomed Ibragimov bronza medal uchun hal qiluvchi bahsda ukrainalik Valeriy Andriysevga qarshi kurash olib bordi va 5:4 hisobida g`alaba qozonib bronza medal egasiga aylandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!