Rio–2016. O`zbekiston medallar reytingida dunyo bo`yicha 21, O`rta Osiyoda esa 1-o`rinni egalladi

08:37, 22 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari o`z yakuniga etdi. Musobaqaning so`nggi kunida O`zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo`lga kiritib, medallar reytingida 207 mamlakat orasida 21-o`rinni egalladi.

Mazkur natida O`zbekiston uchun Olimpiada o`yinlari tarixidagi eng yaxshisi bo`ldi. Sportning 15 yo`nalishida ishtirok etgan vakillarimiz jami 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo`lga kiritishdi.

E`tiborlisi shundaki, O`zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiyadan keyingi ikkinchi o`rindan, Markaziy Osiyoda esa birinchi pog`onadan joy oldi. Hatto Qozog`iston terma jamoasi ham ortda qoldirildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!