“Real Madrid” Ispaniya chempionatini yirik g`alaba bilan boshladi

10:50, 22 avgust

Ispaniya chempionati 1-turida “Real” jamoasi safarda “Real Sosedad” mehmoni bo`lib, 3:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo`ldi.

O`yinning 2-daqiqasida Garet Beyl hisobni ochgan bo`lsa. Asension 40-daqiqada hisobni oshirdi. O`yin so`nggida uelslik futbolchi yana katta sahnaga chiqdi va hisobni yirik ko`rinishga olib keldi.

Shu tariqa, Zinedin Zidan shogirdlari mavsumni yirik g`alaba bilan boshladi.

“Real Sosedad” – “Real Madrid” 0:3 (0:2, 0:1)

Gollar: 0:1 – 2 Beyl, 0:2 – 40 Asensio, 0:3 – 90 Beyl.

“Real Sosedad” – Ruli, Saldua, Gonsales (Vela, 79), Berchiche, Martines, Bergara, Surutusa, Oyarsabal, Ilyarramendi, Koncha (Villian Joze, 56), Xuanmi (Prieto, 72).

“Real Madrid – Kasilya, Marselo, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Kovachich, Asensio (Vaskes, 66), Kroos (Isko, 73), Beyl, Morata (Xames, 77).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (50), Morata (54), Saldua (68), Ramos (87), Berchiche (87).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!