Sirdaryoda chaqalog`ini 800 dollarga pullagan ona 4 yilga qamaldi

14:42, 22 avgust

Sirdaryo viloyati Baxt shahar tug`ruq kompleksida akusher-ginekolog bo`lib ishlagan shifokor ayol chaqaloqfurushligi uchun mahkamaga tortildi, deb yozadi “1news.uz”.

“Adolat ko`zgusi” nashri bildirishicha, ismi oshkor etilmagan shifokorga homilador ayol murojaat etib, tug`ilajak chaqalog`ini dunyoga keltirish va sotishda yordam so`raydi. Shifokor va homilador ayol hali tug`ilmagan chaqaloqni qoraqalpog`istonlik ayolga 1000 dollarga sotishga kelishadi, ammo keyinroq mijozlar aynib, bolani olishdan bosh tortadi. Keyin esa sotib oluvchi ota-ona rolini o`ynayotgan huquq-tartibot organi xodimlari shifokorga mijoz sifatida murojaat qiladi.

Shu tariqa akusher va go`dakning onasi bolani 800 dollarga sotayotganda qo`lga olinadi. Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Sirdaryo tuman sudi ikki jinoyatchi ayolni 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!