Kun intrigasi: Yigitali Mamajonov So`g`diyona Azimovani quchoqlab suratga tushdi(Foto)

14:51, 22 avgust

Aktyor Yigitali Mamajonov o`zining Instagram`dagi sahifasiga joylagan surati keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Aktyor hamkasbi, aktrisa So`g`diyona Azimovani quchoqlab turgan suratini o`z sahifasiga joylashtirdi va uni “Xayrli tong, hamma hammaga. Bugungi kunni judayam yaxshi kayfiyatda qarshi oldik. Xursandchilik ustiga yana xursandchilik. O`rtog`imiz va hamkasabam So`g`diyona Azimova bilan kutilmagan uchrashuv, mehmondorchilik uchun rahmat”, deya izohladi.

Mazkur surat 3 soat ichida salkam 3000 ta “layk” yig`di. Izohlarda esa kimdir Yigitali va So`g`diyona bir-biriga juda mos ekanligini ta`kidlasa, boshqalar suratdagi xatti-harakatlar o`zbekchilikka to`g`ri kelmasligini aytib o`tdi. 

Avvalroq aktyor suratlaridan biriga “Har doim bir-biringizni butun vujudingiz bilan seving. Dunyoda sevgidan boshqa deyarli hech qanday muhim narsa yo`q”,deb izoh yozib qoldirgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!