Smartfon batareyasi quvvatini tejashning 10 ta oddiy usuli

16:02, 22 avgust

Smartfonlarda  hozirgi kunda juda mashhur bo`lgan Pokemon Go kabi katta quvvat talab qiladigan ilovalar paydo bo`lgandan beri, foydalanuvchilar batareya quvvatini uzoqroq saqlab qolish imkoniyatini qidirishmoqda.

London universiteti qoshidagi kollej injener-kimyogari Pol Shiringning ma`lumot berishicha, bu muammoni bartaraf etishning oddiy usullari mavjud ekan. Marhamat, ular bilan tanishing!

1.Keraksiz ilovalarni yopish
Smartfonlar foydalanilayotgan bir necha ilovalarni ta`minlash maqsadida juda katta quvvat yo`qotadi, bu haqda smartfon egasiga aksariyat operasiya tizimlari ham qancha quvvat sarflayotgani haqida ma`lumot berishi mumkin. Quvvatni ortiqcha sarflamaslik uchun  ayni paytda foydalanayotgan ilovanigina ochiq qoldirib, qolganlarini yopib qo`ying.

2. GPSni o`chirish
Turgan joyni ko`rsatuvchi, manzilni aniqlovchi xizmat ham juda katta quvvat talab qiladigan “ochko`z” xizmatlardan biridir. Agar undan foydalanmayotgan bo`lsangiz, o`chirib qo`yganingiz ma`qul.

3. Rush xabarlarini ham o`chirib qo`ying
Batareya quvvatini tejab-tergab ishlatishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlarga kelgan yangi xatlar haqidagi xabarlar xizmatini ham o`chirib qo`ying.

4. Dastur ta`minotini yangilash
Aksariyat telefonlarda quvvatni tejovchi turli dasturlar o`rnatilgan. Ularning eng oxirgi versiyagacha yangilash kerak.

5. Bluetooth ni o`chirish
Agar boshqa gadjetga simsiz ulanish zarurati bo`lmasa, bu xizmatning sifatiga putur etkazmaslik, telefonni  yana biror soat ortiqcha ishlatish uchun uni o`chirib qo`ying.

6. Ekran yorqinligini kamaytirish
Ekranni yorqinlashtiruvchi avtomatik sozlovchi qurilmani ishlating. Agar ko`proq quvvatni iqtisod qilmoqchi bo`lsangiz, xona ichi yorug` bo`lsa, ekran yorqinligini qo`lda kamaytiring. 

7. Yaxshisi Wi-Fi dan foydalaning
Wi-Fi orqali ma`lumotlar bazasiga kirilganda, mobil tarmoq orqali kirgandan ko`ra kamroq quvvat sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqqa simsiz kirish asosiy sozlash menyusi orqali amalga oshiriladi.

8. Telefonning qizib ketmasligiga e`tibor berish
Smartfon – cho`ntak kompyuteri vazifasini o`tagani bilan stasionar kompyuter qarindoshlaridan tubdan farq qiladi, chunki uning sovitish tizimi mavjud emas. Smartfonning harorat diapazoni  0 dan 35 °S gacha bo`lishi lozim.  Gadjet havo haroratida o`zini yaxshi his qiladi, uni issiq havoda quvvatlantirish mumkin emas. Bu batareyaning ishdan chiqishiga olib keladi.

9. G`ilofini echish
Telefonni quvvatlantirayotganda akkumulyatori qizib ketmasligi uchun ustidan g`ilofini olib qo`yganingiz ma`qul. Aslida esa aksariyat telefonlar ustida g`ilof tursa ham qizimasligi lozim.

10. Ortiqcha quvvatlantirish
Zamonaviy, litiy-ionli batareyalar uchun uni qancha quvvatlantirishning ahamiyati yo`q.  Chunki telefon keragicha quvvatga ega bo`lgandan  keyin quvvatlantiruvchi qurilma avtomatik tarzda o`chadi. Smartfoningiz barcha xavfdan xoli bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!