Maktab bozorlari 2016: Nima? Qaerda? Qancha?

16:38, 22 avgust

Sanoqli kunlardan so`ng yangi — 2016-2017-o`quv yili ham boshlanadi. Ayni paytda esa barcha ota-onalar farzandlariga maktab formasidan tortib o`quv qurollarigacha bo`lgan xaridni amalga oshirish payida bo`lsalar ajabmas. Shundan kelib chiqib, biz ham mazkur sahifamiz orqali mavzuga doir fuqarolar murojaatlariga ham oydinlik kiritamiz. Shuningdek, tashkil etilgan maktab bozorlaridagi o`quv qurollari narxlari, sifati haqida ma`lumot beramiz.

O`ZIMIZNIKI, ARZON VA TERMINAL ASOSIDA

F.AHMEDOV, Xalq ta`limi vazirligi bosh boshqarma boshlig`i:

Joriy yilning 10 avgustidan 10 sentyabrigacha Respublika bo`ylab tashkil etilgan maktab bozori — bu ijtimoiy loyiha bo`lib,  uning o`ziga xos  uch jihati:

  • Barcha mahsulotlar o`zimizda ishlab chiqarilgan;
  • Narxlar arzonlashtirilgan;
  • To`lov terminallari bilan to`liq ta`minlanganligidadir.

MAXSUS YaRMARKALARDA NIMALAR SOTILMOQDA

  • Maktab bozorlarida 26 turdagi zaruriy o`quv kurollari va jihozlari sotuvi yo`lga qo`yildi.

Bular:

o`quvchi daftari,

umumiy daftar,

kundalik daftari,

rasm daftari, ruchka,

portfel (ranes),

chizgich, sirkul,

akvarel buyoqlari,

rangli qalamlar,

flomaster,

vatman qog`ozi,

o`chirgich,

  •  

 elim (kley),

rangli kog`oz,

qalam yo`ng`ich,

qalamdon (penal),

nota daftari,

idora daftari,

tush,

oddiy va rangli bur,

barxat kog`oz,

qiz bolalar va o`g`il bolalar uchun poyabzallar,

 bolalar sport kiyimlari.

Mazkur mahsulotlarning aksariyat qismi yurtimizda ishlab chiqarilgan bo`lib, hozirda 6 mln. nafarga yaqin o`quvchilar uchun ehtiyojlar zaxirasi shakllantirilmoqda.

KIM NAZORAT QILADI?

  • Maktab yarmarkalarida savdosi tashkil etilayotgan mahsulotlarning O`zbekistan Respublikasidagi amaldagi standartlar talablariga javob berishini hamda ularning sifatini mahalliy hokimliklar xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda nazorat qiladi.

SIFAT VA STANDARTLARI QANAQA?

Jamshid Mirkomilov, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi boshqarma boshlig`i:

  • Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 iyundagi “Ta`lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to`g`risida”gi qaroriga asosan,  o`quvchi-yoshlarga mo`ljallangan matbaa mahsulotlarining sifati, ekologik talab va me`yorlarga javob berishi, milliy ma`naviyatimizga mos tushishi lozim.

Mazkur qaror asosida daftar, umumiy daftar, kundalik, rasm daftari kabi maktab matbaa mahsulotlarining gigienik talablari va aniq standartlari belgilab berilgan.

Xususan, maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan daftar 12 varoqdan iborat va ichidagi asosiy chiziqlari siyohrang, yashil, havorang, kulrang, yonchizig`i esa qizil rangda bo`lishi kerak. Shuningdek, yozuv daftarlari uchun gazeta va glyans qog`ozdan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.

QANDAY RASMLI MUQOVALAR MUMKIN?

O`tgan o`quv yilida farzandim uchun olgan kundalik va umumiy daftarlarning ustidagi rasmi sabab o`qituvchisi foydalanishga ruxsat bermadi. Ayting-chi, maktab o`quvchilari daftarlari muqovasi qanday ko`rinishda bo`lishi kerak?

B.Xolto`raeva, Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani

  • Maktab matbaa mahsulotlari jildining birinchi betiga ijtimoiy-siyosiy, texnika, matematika va tabiiy fanlar rivojiga ulkan hissa qo`shgan buyuk tarixiy shaxslar, mutafakkirlar, olim va faylasuflar portreti, ularning hayoti, ijodi va ixtirolari haqida asosli qisqacha ma`lumot hamda ularning aforizmlarini joylashtirish lozim. Orqa muqovada esa, qo`llash maqsadiga ko`ra, alifbo, tarixiy sanalar, grammatik qoidalar, Pifagor jadvali, muammoli topshiriqlar, turli o`lchov birliklari va masalalar berilishi mumkin.

Muqovaga boshqa turdagi suratlar va ma`lumotlar joylashtirishga ruxsat etilmaydi

KIChIK SURIShTIRUV: BOZORDA NARX-NAVO QANDAY?

Yuqoridagi izohlarda maktab yarmarkalaridagi mahsulotlar boshqa savdo majmualaridagi o`quv-qurollariga nisbatan birmuncha arzon, deya e`tirof etildi. Shu maqsadda biz ham respublikamiz bo`ylab tashkil etilgan maktab bozorlari va tarmoq savdo majmualari misolida o`quv qurollarining sifati, davlat standartlariga javob berishi va albatta, narxi bilan qiziqdik.  Xo`sh, qaerda, nima, qanchadan? 

 

 

Nomlari

Abu Saxiy

Chorsu

“Ilm yog`dusi”

(“Solnechniy”)

 

Tarmoq savdo majmualarida

1

Daftar -12 varaq

200 so`m

250-300 so`m

280 so`m

280 so`m

2

Umumiy daftar

48 varaq

1500 so`m

1700 so`m

1500 so`m

13990 so`m (qadog`ida10 donadan)

3

Umumiy daftar

96 varaq

2000 so`m

2000-2500 so`m

2300 so`m

6190 so`m

 4

Rasm daftari

3500 (dan ko`pi bor sifati va varaqlariga qarab) so`m

4500-5000 so`m

2000-6000 so`m

 

5

Qalam (Pachkasida 12 ta)

11500 so`m

15000-17000 so`m

250-850(dona) so`m

5590 so`mdan- 27590 so`mgacha

6

Ruchka(dona)

250 so`m

500 dan ko`pi bor

200-2500 so`m

 

7

Kraska 8,10,12 rangli(Gamma)

4500-20000

8000-18000

4500-6500

 

8

Sirkul

3500-30000 so`m

7500-28000 so`m

3500-8000 so`m

 

9

Rangli qog`oz (Sifatiga qarab)

350-5000 so`m

4500-5500 so`m

4000-5000 so`m

2990 so`m(12 xil rangida)

10

Rangli qalam

2500-10000 so`m

3500-12000 so`m

2800-10000 so`m

5590 so`mdan- 27590 so`mgacha

11

Shtrix

3000-5000 so`m

3500-5500 so`m

3500-5000 so`m

 

12

Kley

3500-6500 so`m

2500-10000 so`m

1800-2500 so`m

(22g) - 2290 so`m, (88g) 3390 so`m

13

Lineyka

500 so`m

1000 so`m

400-2500 so`m

 

14

Ryugzak-papka

35000-70000 so`m

30000-200000 so`m

22000-100000 so`m

 

15

Sarafan

25000,45000 68000 dan

75000 so`m dan

 

 

16

Yubka-nimcha

 

25000 so`m (yubkani o`zi)

55000 so`m (yubka-nimcha)

28000 so`m yubkani o`zi

 

 

17

Kofta

30000-60000 so`m

38000-75000 so`m

 

 

18

Shim -ko`ylak

35000-45000 so`m shim, 22000 so`m oq ko`ylak

45000 so`mdan yuqori

 

 

19

Daftar ustiga  oblojka(50 dona)

20000 so`m

25000 so`m

100 so`m (donasi)

 

20

Qalamdon (Penal) turi va hajmiga qarab

4000-18000 so`m

6000-32000 so`m

4000-20000 so`m

 

 

 

Kuzatishlarimiz shuni tasdiqladiki, tashkil etilgan yarmarkalardagi o`quv qurollari davlat standartlariga javob berish bilan birga bolalarning estetik qarashlariga ijobiy ta`sir etadigan muqova va ko`rinishga egaligi bilan e`tiborga molik. Shuningdek, biz mavjud narxlarni keltirib o`tdik xolos, sifatga munosib qiymatda sotib olish esa sizning ixtiyoringizda.

AGAR NARX VA TO`LOVDA MUAMMO PAYDO BO`LSA...

Maktab yarmarkalarida sotiladigan maxsulotlar narx-navolarining sun`iy ravishda oshib ketishiga yul qo`ymaslik hamda ularda to`lov terminallarining uzluksiz ishlashini yo`lga qo`yish maqsadida mahalliy hokimliklar va davlat soliq qo`mitasi tomonidan doimiy nazorat yo`lga qo`yilgan. Agar bu borada xaridorlarda norozilik yuzaga kelsa, Davlat soliq qo`mitasining 244-98-98 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishalari mumkin.

Farida EGAMBERDIEVA,

Mo``tabar OBIDJONOVA tayyorladi

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!