Di Kaprio va uning sevgan qizi Nyu-York yaqinida YTHga uchradi

17:11, 22 avgust

Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio va uning sevgan qizi, daniyalik model Nina Agdallar Nyu-York yaqinida YTHga uchradi, deb xabar berdi “Ria.ru”nashri.

Voqea 20 avgust kuni soat 16.30 da Nyu-York yaqinidagi Saffolk okrugida yuz bergan. Di Kaprio va uning sevgan qizi o`tirgan Mini Cooper avtomobiliga urilgan Range Rover avtomobilini ayol kishi boshqargan.

Guvohlarning ma`lum qilishicha, xavfli vaziyatda ham Di Kaprio oliyjanoblik qilgan, avvaliga sevgan qizining ahvoli bilan qiziqqan, keyin esa YTH aybdori bo`lgan ayolga yordam bergan.

“Avtomobilni boshqargan ayol judayam qo`rqib ketgandi. Leo unga mehribonchilik qilib, ortidan yurishga ishora qildi. Keyin uning nafasini rostlashi uchun yo`l chetidagi to`siqqacha etib borishiga yordam berdi”, dedi avtohalokatga guvoh bo`lganlardan biri.

Nashrning xabar berishicha, YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtohalokat oqibatida Di Kaprioning avtomobiliga ziyon etmagan, Mini Cooper kuzovining old qismi zarar ko`rgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!