Ispaniya chempionatining ikki o`yinida sensasion natijalar qayd etildi

09:34, 23 avgust

Ispaniya chempionatining dastlabki turidan o`rin olgan so`nggi ikki uchrashuvda kutilmagan natijalar qayd etildi.

Avvaliga “Selta” jamoasi o`z maydonida La Liga debyutanti “Leganes”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, ko`pchilikni hayratga solgan bo`lsa, “Valensiya” 2:4 hisobida kuchli hisoblanmagan “Las-Palmas”ga imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o`tamiz, Ispaniya chempionligi uchun asosiy da`vogar hisoblangan “Barselona” va “Real Madrid” chempionatni yirik g`alaba bilan boshlagan edi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!