O`zbekiston termasi va “Al-Jaish” hujumchisi Sardor Rashidov ham OFK nigohiga tushdi

11:27, 23 avgust

Osiyo Futbol Konfederasiyasi rasmiy sayti Osiyo chempionlar ligasi chorak final bahslari oldidan ushbu bosqichda ishtirok etadigan jamoalarning eng muhim futbolshchilari haqida ma`lumotlar berib bormoqda.

Avvalroq Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi a`zosi, O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov OFK matbuot xizmati nigohida bo`lgani haqida xabar berilgandi.

Qatarning “Al-Jaish” klubi safida harakat qilayotgan, O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Sardor Rashidov ham o`z klubining muhim futbolchisi sifatida OFK prevyusida qayd etildi.

OChLdagi ishtiroki

Sardor Rashidov – “Al Jaish”

OChLda o`tkazgan o`yinlari soni – 26

Kiritgan gollari soni – 4

"Bunyodkor" safidan "Qatar"ga ko`chib o`tgan futbolchi bugun "Al Jaish" safida OChL o`yinlaridagi o`zining eng yaxshi mavsumini o`tkazmoqda. Endigina 25 yoshni qarshi olgan futbolchi OChLda o`zining oltinchi mavsumini o`tkazmoqda va aytish kerakki bungacha futbolchi 1/8 finaldan keyingi bosqichga o`ta olmagan edi. Hozir esa, futbolchi nafaqat o`zining eng yaxshi mavsumini o`tkazmoqda, balki Osiyoning mavsumdagi eng kuchli jamoalaridan biri sifatida e`tirof etilishiga o`z hissasini qo`shmoqda. Qolaversa, o`zbekistonlik yarim himoyachi o`z o`yini bilan bunga qattiq kirishganini ko`rsatmoqda.

Guruh bosqichida "Nasaf" darvozasiga kiritgan yagona goli "Al Jaish"ni 1/8 bosqichiga olib chiqqan edi. Mazkur bosqichda "Al Jaish" Qatarning boshqa klubi "Lahviya"ni ikki o`yin natijasiga ko`ra 6:4 hisobida mag`lub etdi va Rashidov mazkur o`yinlarda ham jamoasining eng asosiy o`yinchilaridan biri sifatida e`tirof etildi.

Terma jamoaning asosiy yulduzlaridan biri sifatida Rashidov sentyabr oyida JCh-2018 saralash bahslarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko`rmoqda. "Al Jaish"ning asosiy yulduzlaridan biri yaqin bir necha oy ichida katta uchrashuvlarda maydonga tushadi va o`zining qanday saviyadagi futbolchi ekanini isbotlashga intiladi.

Jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri

Sardor Rashidov o`zining to`purarlik va o`yinni o`qiy olish qobiliyati bilan o`tgan mavsumda jamoasning eng ko`p tilga olingan futbolchilaridan biriga aylandi. Jami 23 o`yinda 9ta gol urgan futbolchi o`tgan mavsum yakunlariga ko`ra Qatar Yulduzlar Ligasida jamoasin ing "Al Rayan"dan so`ng ikkinchi o`rinni egallashida katta rol o`ynadi.

Iste`dodli futbolchi yuqori tempda harakat qila olishi, tezlik va boshqa hislatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Shuningdek, chap oyoqda ajoyib o`yin namoyish eta olishi va ajoyib texnikasini e`tirof etish lozim.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!