Amerikalik polisiyachi kar-soqov haydovchini otib o`ldirdi

12:00, 23 avgust

AQShning Shimoliy Karolina shtati polisiyasi to`xtash haqidagi buyruqni eshitmagani uchun harakatlanishda davom etgan kar-soqov haydovchini otib o`ldirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda

Hodisa 18 avgust kuni yuz bergan. Biroq keng jamoatchilik undan endi xabardor etildi.

29 yoshli haydovchi Kevin Xarrisa tezlikni oshirgan va polisiyachining to`xtash haqidagi buyrug`iga itoat qilmagan. Haydovchi uyiga yaqinlashib, mashinadan tushadi va qo`l harakatlari yordamida polisiyachiga vaziyatni tushuntirishga harakat qiladi. Biroq polisiyachi haydovchini otib tashlaydi. 

Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, avvalroq polisiyachi va haydovchi o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Guvohlarning aytishicha, o`q ovozi haydovchi avtomobildan tushishi bilan eshitilgan. 

Halok bo`lgan haydovchining tanishlari u kar bo`lgani uchun polisiyaning ogohlantirishini eshitmagan va undan nima xohlashayotganlarini darrov anglab etmagan. 

Hozirda tergov ishlari olib borilayotgani sababli YPX xodimi Jermen Sonders vazifasidan chetlatilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!