Nargiz Zokirova sobiq eri uni o`ldirish uchun qotil yollaganini ma`lum qildi

12:18, 23 avgust

Xonanda Nargiz Zokirovaga uning sobiq turmush o`rtog`i tomonidan yollangan qotil tahdid qilmoqda, deb yozadi “Sosmo.ru”.

Nargizning aytishicha, qotil unga qo`ng`iroq qilib, Filipp uni o`ldirish uchun buyurtma berayotgani yozib olingan telefon suhbati evaziga 200 ming rubl talab qilgan.

O`zini Viktor Golindixin deb tanishtirgan notanish erkak Filipp uni 800 ming rubl evaziga yollaganini aytgan.

U xonandaning sobiq turmush o`rtog`i buyurtma qilgan qotillikni sodir etishni istamayotgani va xonandaga yordam berishni istayotganini bildirgan va buning evaziga 200 ming rubl talab qilgan.

Nargiz intervyularidan birida hayoti xavf ostida bo`lishi mumkinligini aytgan edi. “Filipp asossiz ravishda o`g`limni sudga berganidan keyin bu insondan hamma narsani kutish mumkinligini bilganman”,—degan edi xonanda.

Nargizning aytishicha, “qotilning tahdidi” undan pul undirish uchun sobiq eri tomonidan qo`yilgan qadamlardan biri. “U qarzga botgan va men unga moddiy yordam bermasligimni yaxshi biladi”,—deydi Nargiz.   

Hozirda mazkur ishni xonandaning prodyuseri Maksim Fadeevning yuristlari ko`rib chiqmoqda. 

Xonanda sobiq turmush o`rtog`i bilan 20 yil birga yashagan, juftlikning uch nafar farzandi bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!