“Bunyodkor”tarbiyalanuvchilari “Mustaqillik kubogi-2016” g`olibiga aylandi

13:57, 23 avgust

“Bunyodkor” futbol klubi tashabbusi bilan 14-19 avgust kunlari mamlakatimiz Mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlab musobaqa o`tkazildi.

Turnir 2002 yilda tug`ilgan futbolchilar o`rtasida tashkil etilib, unda jami 6ta jamoa ishtirok etdi. Bular: “Bunyodkor-A” (Toshkent), “Nasaf” (Qarshi), “Mash`al” (Muborak), “Sho`rtan” (G`uzor), “Navbahor” (Namangan) va “Bunyodkor-B” (Toshkent). Har bir jamoa bir-birlari bilan davraviy tizimda o`zaro bittadan uchrashuv o`tkazib, yakunda eng yaxshi ko`rsatkich qayd etgan jamoa g`olib deb e`lon qilindi.

E`tiborlisi, musobaqa yakuniga ko`ra “Bunyodkor-A” va Qarshining “Nasaf” jamoalari jamg`argan ochkolar bir xil – 10tadanni tashkil etdi. Turnir nizomiga ko`ra, o`zaro o`yinlardagi ko`rsatkichlar g`olib nomiga oydinlik kiritdi. Unda “Bunyodkor-A” futbolchilari o`zaro uchrashuvda “Nasaf”ni 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratishgani bois “Mustaqillik kubogi-2016” musobaqasi g`olibi deb topildilar.

Ikkinchi o`rin “Nasaf”ga, uchinchi pog`ona esa Muborakning “Mash`al” jamoasi tarbiyalanuvchilariga nasib etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!