Lola navbatdagi klipida ham Yigitali bilan hamkorlik qilmoqda(Foto)

14:58, 23 avgust

Xonanda Lola o`zining “Xabar ol” deb nomlangan qo`shig`iga klip suratga olmoqda.  Bu haqda xonanda o`zining "Instagram" dagi sahifasida ma`lum qildi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, klipda bosh qahramonlarni aktyor Yigitali Mamajonov va xonandaning ma`muri Amaliya gavdalantirmoqda. 

Yigitali va Amaliyaning birga tushgan suratlari aktyorning “Instagram”dagi sahifasida paydo bo`lgach, aktyorning muxlislari qizg`in bahs-munozaraga kirishib ketdi.  

Lola “Sog`indim” klipida ham Yigitali bilan birga suratga tushgani ancha shov-shuvlarga sabab bo`lgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!