Xillari Klinton sog`ligi joyidaligini isbotlash uchun bodringli bankani ochib ko`rsatdi

15:37, 23 avgust

Demokratik partiya tomonidan AQSh prezidentligiga nomzodi ko`rsatilgan Xillari Klinton Jimmi Kimmelaning shousida sog`ligi yomonlashgani to`g`risidagi mish-mishlarga barham berish maqsadida bodringli bankani ochib ko`rsatdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Xillari Klinton avvaliga teleboshlovchidan pulsini tekshirib ko`rishni so`radi. Uning tomirini ushlab ko`rgan Kimmela: “Ey, Xudoyim, hech nima sezilmayapti!” dedi.

“Bilmadim, odamlar bu gapni qayoqdan olishdi ekan. Har nafas olganimda yangi hayot boshlanayotganini his etayapman”, dedi Klinton.

Xillari Klintonning mazasi yo`qligi haqidagi yolg`on xabarlarga barham berish maqsadida teleboshlovchi undan bodring solib berkitilgan bankani ochib berishni iltimos qildi. Unga javoban Xillari Klinton bu vazifani osonlik bilan bajardi.

Bu bilan u saylovda g`alaba qozonsa-da, sog`ligining yomonlashgani tufayli Oq uyda ishlolmasligi haqidagi mish-mishlarga chek qo`ydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!