Sardoba tumanidagi korxonada 25 yillikka 25 yangi ish o`rni yaratildi

17:18, 23 avgust

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida faoliyat ko`rsatayotgan Bobur nomidagi mas`uliyati cheklangan jamiyatida mustaqilligimizning yigirma besh yilligi munosabati bilan 25 yangi ish o`rni yaratildi

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va qo`llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e`tibor yuksak samaralar bermoqda. Buni joriy yil boshida tashkil etilgan mazkur korxona faoliyati misolida ham yaqqol ko`rish mumkin. 

Xorijlik investorlar mablag`i hisobidan tumandagi sobiq parrandachilik fermasi qayta ta`mirlanib, zamonaviy texnologiyalar keltirib o`rnatildi. 60 ming dollarga parrandalar uchun donni qayta ishlaydigan maxsus texnologiya, 158 ming dollarga Gollandiyadan 35 ming bosh zotdor jo`ja olib kelindi. Korxonada mehnat qilayotgan 10 ishchining qariyb barchasi kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar.

Korxona jamoasi Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami arafasida 25 yangi ishchi o`rni yaratish maqsadida Gollandiyadan yana 35 ming bosh zotdor tovuq keltirdi. 

Ayni paytda korxona tovuqchilik fermalariga jo`ja ochirish uchun kuniga 20 ming donaga yaqin tuxum etkazib bermoqda. Jo`jalar 35-40 kunda 1,5 kilogramm tosh bosadigan bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!