OChL, 1/4 final. “Lokomotiv” safarda “Al-Ayn” bilan durang o`ynadi

08:53, 24 avgust

23 avgust kuni Osiyo Chempionlar Ligasining chorak final bosqichi start oldi. Osiyoning klublar o`rtasidagi eng nufuzli turnirida O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubiga ushbu bosqichda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” jamoasi qarshilik qilmoqda.

Chorak final bosqichi doirasidagi dastlabki uchrashuvni safarda o`tkazgan temiryo`lchilar Al-Ayndan bir ochko bilan qaytib, keyingi bosqichga yo`l olish uchun o`ziga yaxshi imkoniyat hosil qilib oldi.

O`z tarixida ilk bor ushbu bosqichgacha etib kelgan “Lokomotiv” bu turnirning bosh sovrinini 2003 yilda qo`lga kiritgan va musobaqada 11-marotaba qatnashayotgan nomdor raqibiga qarshi munosib qarshilik ko`rsata oldi.

Uchrashuv davomida to`p nazorati va yaratilgan vaziyatlar borasida mezbonlar ustunlikka ega bo`lganiga qaramay, “Lokomotiv” o`z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi va qarshi hujumlarda bir necha golli vaziyatlar yaratdi. Biroq hujumlar gol bilan yakunlanmadi – 0:0.

Javob uchrashuvi Toshkentda 13 sentyabr kuni bo`lib o`tadi.

"Al-Ayn" (BAA) - "Lokomotiv" (O`zbekiston) 0:0

23 avgust 2016. "Hazza bin Zayd" stadioni, Al-Ayn, BAA.

"Al Ayn": 17.Xolid Eysa, 5.Ismoil Ahmad, 7.Lukas Kayo (18.Ibrohim Diaki, 84), 9.Duglas (16.Muhammad Abdulrahmon, 68), 10.Umar Abdulrahmon, 19.Muhanad Salim, 23.Muhammad Ahmad G`arib, 25.Amir Abdulrahmon, 29.Li Myung Ju, 50.Muhammad Fayoz, 70.Danilo Asprilla.

"Lokomotiv":  1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov, 11.Temurxo`ja Abduxoliqov (28.Ikrom Aliboev, 76), 13.Nemanya Yanichich, 15.Sardor Mirzaev, 18.Timur Kapadze, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22.Sanjar Shoahmedov, 33.Oleg Zoteev (37.Sherzod Fayziev, 87), 71.Artur Gevorkyan (10.Marat Bikmaev, 68).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!