Toshkentda yuz bergan YTHda 17 yoshli o`smir halok bo`ldi

11:07, 24 avgust

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 23 avgust, seshanba kuni soat taxminan 19:30 lar atrofida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`dagi  “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar bermoqda

Nexia avtomobili ishtirokidagi YTH Yunusobod dehqon bozori va Shahriston chorrahasi atrofida sodir bo`lgan. Guvohlarning aytishicha, Nexia avtomobili boshqa avtotransport vositalari bilan to`qnashuv sodir etmagan, to`g`ridan-to`g`ri kelib, piyodalarni urib yuborgan.  

Ma`lumotlarga ko`ra, Nexia avtomobili yo`l chetidagi maxsus ajratilgan yo`lakda ketayotgan uch nafar piyodaning orqa tomonidan kelib urib yuborgan. Qattiq zarb oqibatida piyodalardan biri 17 yoshli o`smir hodisa joyida vafot etgan. Ikkinchi o`smir esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan. Uchinchi piyodaga zarar etmagan. 

Hodisa guvohlaridan biri “Ko`chada piyoda yurishga ham qo`rqib qoldi, kishi. Bu judayam dahshatli edi. Halok bo`lgan bola endigina 17 yoshga to`lgan ekan. Onasi faryod chekib, yig`layotgan edi...”, deb yozib qoldirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!