Haj safariga borish qanchaga tushadi?

12:12, 24 avgust

“Haj safari uchun to`lanadigan mablag` miqdorini bilmoqchi edim. Uni kim belgilaydi?”

A.Madaliev. Toshkent sh.

—  Haj safariga to`lanadigan mablag`ning miqdori har yili Respublika HAJ markazi tomonidan belgilanadi. Bu yil Haj safariga to`lanadigan mablag` miqdori 14.500.000 so`mni tashkil etdi.
 

Bu yilgi ziyoratchilar qancha?

Mana bu yilgi Haj mavsumi  ham boshlanmoqda. Ayting-chi, Hajga otlanish muddati qachongacha davom etadi? Qaytish-chi? Bu yil Haj safariga yurtimizdan necha nafar kishi otlanyapti? 

O.Muhammadieva, Qashqadaryo viloyati

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmati ma`lumot beradi:

— Bu yilgi Haj safariga borish 24 avgustdan - 4 sentyabrgacha, qaytish esa 17-28 sentyabrgacha amalga oshiriladi. Respublikamizdan bu yil umumiy 5000 nafar kishi bu muqaddas safarga otlangan. Shundan 2641 nafari erkaklar, 2359 nafari esa ayollardir. 

“Darakchi” gazetasining 25 avgust kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida “Haj safari: muddatlar, talablar va narxlar” deb nomlangan maqolada muqaddas haj safariga borish tartibi haqida batafsil tanishishingiz mumkin. O`tkazib yubormang!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!