O`zbekiston futzal termasining JCh–2016 da ishtirok etadigan tarkibi ma`lum bo`ldi

15:36, 24 avgust

Shu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo`yicha Jahon chempionati bo`lib o`tadi. Unda birinchi marotaba O`zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ayni paytda vakillarimiz musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

Bugun terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez mundialda ishtirok etadigan 14 nafar futzalchi nomini e`lon qildi. Yakuniy ro`yxatdan quyidagi o`yinchilar joy olishdi.

Darvozabonlar:
Rustam Umarov (26.05.1984, "Olmaliq")
Akmal Xazratqulov (31.03.1990, "Do`stlik-AIN")

O`yinchilar:
Shuhrat Tojiboev (18.02.1981, "Olmaliq")
Javlon Anorov (08.05.1984, "Olmaliq")
Konstantin Sviridov (11.03.1988, "Olmaliq")
Artur Yunusov (08.10.1987, "Ardus")
Farhod Abdumavlonov (12.11.1987, "Ardus")
Dilshod Irsaliev (31.12.1983, "Ardus")
Davron Choriev (01.01.1993, "Ardus")
Dilshod Rahmatov (04.12.1989, "Ardus")
Nodir Eliboev (02.10.1982, "Ardus")
Ilhom Hamroev (25.09.1997, "Ardus")
Feruz Faxriddinov (25.03.1991, "Do`stlik-AIN")
Mashrab Odilov (15.08.1994, "Bunyodkor")

O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!