O`zbekiston termasi nazorat o`yinida Burkina-Fasoni mag`lubiyatga uchratdi

08:21, 25 avgust

JCh–2018 turniriga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi 24 avgust kuni 3-saralash bosqichi oldidan Afrika qit`asi vakili – Burkina-Faso termasiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o`yinda O`zbekiston termasi 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Egor Krimes bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, 1 sentyabr kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriyaga qarshi bahs olib boradi.

O`rtoqlik uchrashuvi

O`zbekiston – Burkina-Faso 1:0

Gol: Egor Krimes 40

O`zbekiston:  Aleksandr Lobanov, Egor Krimes (Azim Ahmedov, 46), Anzur Ismoilov (Otabek Shukurov, 66), Stanislav Andreev, Aziz Haydarov, Jamshid Iskanderov (Salamat Qutiboev, 75), Igor Sergeev (Marat Bikmaev, 70), Davron Hoshimov, Jasur Hasanov (Zohid Abdullaev, 46), Javohir Sohibov, Eldor Shomurodov (Dostonbek Hamdamov, 74).

Burkina-Faso:  1.Zongo Ayme, 4.Kayenbe Xernan (Armand Duedraogo, 65), 6.Zagre Ismael, 5.Tapsoba, 2.Yakuba Kulibali, 8.Barro Yussuf, 14.Amadu Ture (Suleymane Skande, 65), 10.Sibiri Sanou (Hamid Savadogo, 87), 7.Abdul Karim Baguian, 11.Cheyk Ibrahim (Razak Benin, 64), 12.Ismoil Lingani (Hassimi Barri, 49).

Chetlatish: Aziz Haydarov (71)

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!