Polshada axlatga tashlangan changyutgich ichidan yarim million evro topildi

09:54, 25 avgust

Polshaning Kolobjeg shahridagi axlatxona xodimlari eski changyutgich va audikolonka ichidan yarim million evro topdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Eski buyumlar ichida unutilgan boylikni axlatxona xodimlari polisiyaga topshirdi. Polisiyachilar bu pul kimga tegishli ekanligini aniqladi. Boylik egasining o`zi yo`qolgan pullarni qidirib topishda polisiyaga murojaat qilgan. Erkak changyutgich va audiokonkani tasvirlab berdi, hatto uni axlatxonaga tashlagan kunini ham aniq aytib berdi. Shundan keyin polisiyachilar haqiqatan ham pul unga tegishli ekanligiga ishondi.  

Ammo manba boylik egasining axlatxona xodimlariga minnatdorchilik bildirgani haqida ma`lumot bermagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!