Peterburg ko`chalarida betmobil paydo bo`ldi

10:17, 25 avgust

Sankt-Peterburg aholisi betmobil bilan suratga tushish baxtiga musharraf bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Suratlar “VKontakte” ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilgan. Avtomobil egasi uni yaxshi xaridor topib, sotish uchun Moskvaga olib ketayotganligini bildirgan.

Betmobil avgust oyining oxirida Moskvaning tomosha-savdo markazida ko`rgazmaga qo`yilishi haqida Auto.ru saytida xabar berilgan.

Betmobil 2010 yildan beri Buyuk Britaniya hududidan chiqmagan. U juda yaxshi saqlangan. Warner studiyasi betmobilni dunyodagi eng zo`r model deb tan olib, uning egasiga tegishli sertifikatni topshirgan.

Mashina General Motors shassisi asosida yaratilgan bo`lib, Ford 460 BigBlock dvigateli bilan jihozlangan ( 550 ot kuchiga ega), soatiga 250 kilometr yo`l bosadi.

Avgust oyining boshida OAVlarda yana bir betmobil avtomobolining sotuvga qo`yilgani haqida xabar berilgan edi. Bu avtomobil 1960 yilda ko`rshapalak-odam haqidagi teleserial uchun yaratilgan. U 2013 yilda 4,2 million dollarga sotilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!