Jahongir Usmonov hamda Abdurahmon Fozilov faxriy unvonlar bilan mukofotlandi

14:17, 25 avgust

O`zbekiston mini-futbol assosiasiyasi raisi o`rinbosari Usmonov Jahongir Mirabrorovch hamda O`zbekiston futbol federasiyasining muxlislar jamiyati raisi – Abdurahmon Fozilov mustaqillikning 25 yillik bayrami oldidan faxriy unvonlar bilan mukofotlandi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda

“O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida bu ko`rsatib o`tilgan.

Farmonda: “Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g`oyani rivojlantirish, ma`naviyatimizni tiklash, o`zligimizni anglash yo`lida katta hissa qo`shgan, yorqin iste`dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida sog`lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin”, deya ta`kidlangan va faxriy mukofotlar bilan taqdirlanganlar ro`yxati keltirilgan.

Ular qatoridan o`rin olgan O`zbekiston mini-futbol assosiasiyasi raisi o`rinbosari Usmonov Jahongir Mirabrorovich “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan bo`lsa, O`zbekiston futbol federasiyasining muxlislar jamiyati raisi – Abdurahmon Fozilov ““O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!