Ozodbek Nazarbekov: “Farzandlarim Rio-2016 qahramonlariga xavas qilib, sportchi bo`lishga qaror qildi”

15:11, 25 avgust

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimizni tantanavor kutib olish marosimida O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi. 

Xonandaning rasmiy saytining ma`lumot berishicha, Ozodbek Nazarbekov sportchilarni faxr bilan tabriklab shunday dedi: 

"Judayam katta yutuqlarni qo`lga kiritdingiz. Shaxsan mening farzandlarim sizga havas qilib sportchi bo`laman, deb qaror qilishdi! Chempionlik muborak bo`lsin.Siz bilan faxrlanamiz!”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!