Sharof Muqimov: “Munisaga ko`ngildagi sirlarni ishonish mumkin”

15:42, 25 avgust

Xonanda Sharof Muqimovning Instagram’dagi sahifasida e`lon qilingan surat shov-shuvga aylandi. Suratda xonanda bir qiz bilan ko`rish mumkin, surat ostidagi kommentlar esa «chiroyli juftlik!» qabilidagi fikrlarga to`la.

Suratdagi qiz kim va uni Sharof Muqimov bilan nimalar bog`lab turishini aniqlash maqsadida “Daryo” nashri xonanda bilan bog`landi.

— Instagram’ga joylagan so`nggi suratingiz qizg`in muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Yoningizdagi qiz kim?

— Bu qizning ismi Munisa u muxlislarga Shahzodaning «Qo`llar tepaga» qo`shig`iga ishlangan klipdagi ishtiroki orqali tanish. Munisa bilan yaxshi do`st, suhbatdoshmiz. Yaqin kunlarda ikkimiz «Xayollaring olay» nomli qo`shig`imga ishlanadigan klipda birga rol ijro etmoqchimiz.

— Surat ostida kommentlarda ko`pchilik: «Endi shu qizga uylanasizmi?», mazmunida javobsiz qolgan savollar yozib qoldirgan…

— Uylanish masalasiga kelsak, buni kelajakda kimga, qachon uylanishimni vaqt ko`rsatadi. Munisa haqiqatan ham juda tarbiyali, oilasini ham, ishini ham o`rniga qo`yadigan qiz. San`atdagi ijodi bilan bir vaqtda katta qurilish kompaniyasidagi ishini ham bekamu ko`st ado etib kelayotgan, nafaqat o`z ishini, balki boshqalarning ishini ham hurmat qiladigan xodima. Uni juda ham hurmat qilaman, unga ishonish, ko`ngildagi sirlarni bemalol aytish mumkin. Chunki u sir saqlashni biladi va og`ir damlarda qo`lidan kelgan yordamini ayamaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!