Xitoyda daryoda uxlab qolgan erkakni qutqaruvchilar jasad deb o`ylashdi (Video)

16:08, 25 avgust

Xitoy janubida daryoda uxlab yotgan yigitni o`t o`chiruvchilar jasad deb o`ylashdi, deya xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Voqea aks etgan videoni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qiziqish bilan tomosha qilishdi. Daryoda oqib ketayotgan odamni jasad deb o`ylagan mahalliy aholi vakili qutqaruvchilarga qo`ng`iroq qilgan. Qutqaruvchilardan biri erkakka yaqinlashib elkasidan ko`targanda, u seskangacha ko`zini ochib, atrofga alanglagan.

Erkak qizib ketganidan muzdek suvga tushib, uxlab qolgan. U qutqaruvchilarga vaziyatni tushuntirgach, yana uxlashda davom etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!