Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur`a tashlandi (Foto)

08:57, 26 avgust

Kecha, 25 avgust kuni Monako shahrida Evropa chempionlar ligasi turnirining guruh bosqichiga qur`a tashlandi.

Qur`a ktilganidek sovg`alarga boy bo`ldi. Jumladan, “Barselona” va “Manchester Siti” bir guruhdan, “PSJ” va “Arsenal” boshqa bir guruhdan birgalikda joy olishdi.

O`tgan mavsumda yarim finalda to`qnash kelgan “Bavariya” va “Atletiko” ham bitta guruhdan joy olishdi. Quyida barcha guruh ishtirokchilari bilan tanishing.

EChL. Guruh bosqichi ishtirokchilari:

“A” guruhi: PSJ”, "Arsenal", "Bazel", "Ludogores".

“V” guruhi: "Benfika", "Napoli", "Dinamo Kiev", "Beshiktosh". 

“S” guruhi: "Barselona", "Manchester Siti", "Borussiya" M, "Seltik". 

“D” guruhi: "Bavariya", "Atletiko", “PSV”, "Rostov". 

“E” guruhi: SSKA Moskva, "Bayer", "Tottenxem", "Monako".

“F” guruhi: "Real Madrid", "Borussiya" D, "Sporting", "Legiya".

“G” guruhi: "Lester", "Portu", "Bryugge", "Kopengagen". 

“H” guruhi: "Yuventus", "Sevilya", "Lion", "Dinamo Zagreb".

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!