Guserievlar oilasi Rossiyaning eng boy odamlari ro`yxatida yana etakchilikni qo`lga oldi

09:59, 26 avgust

Guserievlar oilasining daromadi yana 2,5 baravarga oshib, 9,8 milliardga etdi va Forbes jurnalining eng boy odamlari ro`yxatida birinchi o`rinni egalladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

O`tgan yili ularga tegishli BIN guruhi banklarni, pensiya jamg`armalarini, neft kompaniyalarini, umumiy hisobda 1,5 milliard dollarga sotib olgan. Mixail Guseriev ulgurji neft savdosidan 700 million dollar pul ishlab topgan.

Ikkinchi o`rinni o`tgan yilgi kabi Rotenberglar oilasi egallagan. Ular antirossiya sanksiyasi tufayli daromadi kamayib, birinchi o`rindan ikkinchi o`ringa tushgan. Uchinchi o`rinni 2,8 milliard daromad bilan Ananevlar oilasi, to`rtinchi o`rinni 2,4 milliard daromad bilan Shamalovlar oilasi egallagan. “Rossiya” bankining egasi Nikolay Shamalovga 100 million dollar, o`g`li Kirill Shamalovga esa 2,3 milliard dollar tegishlidir. 

Ro`yxatdagi 10 oilaning daromadi yil davomida 40 % ga oshgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!