Shohruhxon: “Salom ozodlik”. Yulduzli juftlikning sevgisi yakun topdimi?

10:18, 26 avgust

Xonanda Shohruhxon o`zining Instagram`dagi sahifasiga muxlislari o`rtasida keng muhokamalarga sabab bo`lgan suratni joyladi. Suratda qoq o`rtasidan bo`lingan yurakni yigit va qiz ko`tarib ketayotgani tasvirlangan. Xonanda suratga “Salom, ozodlik”  deya izoh qoldirdi. 

Mazkur surat xonandani ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib borayotgan internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. 

 

Kimdir xonandaning oilasiga putur etganini ta`kidlasa, boshqalar buni “shunchaki piar” deya izohlamoqda. 

Biroq, Shohruhxon va Asalning shaxsiy sahifasidan ularning aksariyat birga tushgan suratlari o`chirib yuborilgan. Asalning Instagram`dagi sahifasida Shohruhxon bilan birga tushgan bironta ham surat qolmagan. Bu holat esa mish-mishlarni tobora avj oldirmoqda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!