Qahvaga bo`lgan moyillikning sababi aniqlandi

12:36, 26 avgust

Olimlar qahva iste`mol qilishga javob beruvchi genni aniqlashdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Tadqiqotlar natijasida PDSS2 genini tashuvchilar qahvani kamroq iste`mol qilishi ma`lum bo`ldi.  

Genetiklar Italiyaning janubida joylashgan qishloqdan 340 nafar, mamlakatning shimoli-sharqidagi qishloqdan esa 843 nafar odamni tadqiqot ishlariga jalb etdi. Ulardan bir kunda necha marotaba qahva iste`mol qilishlari haqida so`ralganda, PDSS2 genini tashuvchilar bu gen mavjud bo`lmaganlarga nisbatan bir finjon qahva kam iste`mol qilishlari ma`lum bo`lgan.  

Olimlarning fikricha, bu gen kofein hujayralarining parchalanishini sekinlashtiradi, natijada kofein moddasi inson organizmida uzoq vaqt saqlanadi. Shuning uchun bu gen mavjud bo`lgan odamlar qahvani kamroq ichishadi. Niderlandiyada o`tkazilgan qayta tadqiqot ishlarida 1731 nafar ko`ngilli ishtirok etdi va yuqoridagi natija o`z tasdig`ini topdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!