Futzal bo`yicha O`zbekiston termasi Kolumbiyadagi JChga yo`l oldi

15:39, 26 avgust

Juma kuni erta tongda futzal bo`yicha O`zbekiston termasi 10 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Kolumbiyada bo`lib o`tadigan jahon chempionati-2016 ga yo`l oldi. Mamlakat termasi guruh musobaqalarini Kalidagi 18 ming tomoshabinga mo`ljallangan «Kolizeo El Pueblo» stadionida o`tkazadi. Bu haqda “ufa.uz” xabar bermoqda

Bu O`zbekiston termasining jahon chempionati asosiy musobaqalaridagi ilk ishtiroki bo`lgani sababli sportchilar bor imkoniyatni ishga solishga tayyorligini ma`lum qildi.

«Bosh murabbiy oldimizga qo`ygan eng kichik vazifa — guruh bosqichidan chiqish, — dedi O`zbekiston termasi sardori 29 yoshli Artur Yunusov. — Keyingisini o`yin ko`rsatadi».

Mazkur guruhda O`zbekistonga jiddiy raqiblar duch kelgan — musobaqa mezboni Kolumbiya, shuningdek, Portugaliya va Panama termalari. Panama bilan uchrashuvdan so`ng O`zbekiston jamoasining jahon chempionatlaridagi chiqishlari statistikasi ochiladi.

Jamoa dastlab Eron, Portugaliya, Ispaniya va Italiya kabi Osiyo va Evropaning kuchli termalari bilan o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazadi.

O`zbekiston termasi ispaniyalik murabbiy Xose Mariya Mendez bilan 2017 yil 15 martga qadar shartnoma imzolagan bo`lib, uning boshchiligida o`zbekistonliklar 2014 yilgi Osiyo chempionatida bronza, Toshkentda o`tkazilgan 2016 yilgi qit`a birinchiligida esa kumush medallarni qo`lga kiritdi. Shuningdek, terma jamoa jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo`llanmani qo`lga kiritdi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!