Shohruhxonning Instagram`dagi shov-shuv bo`lgan suratiga izoh berildi

17:10, 26 avgust

Xonanda Shohruhxon o`zining  Instagram`dagi sahifasiga joylagan surati keng muhokamalarga sabab bo`lgani haqida xabar bergan edik

Mazkur xabar saytga joylanganidan so`ng, o`zini xonandaning ma`muri deb tanishtirgan Sirojiddin Jo`raev “Darakchi.uz” sayti tahririyatiga qo`ng`iroq qilib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

Uning aytishicha, Shohruhxon sahifasiga joylagan, o`rtasidan bo`lingan yurak tasviri uning yangi qo`shig`i piari ekan. 

Ma`murning so`zlariga ko`ra, Asal Shodievaning sahifasidan birga tushgan suratlari o`chirilishiga esa muxlislarning turli ma`nodagi izohlari sabab bo`lgan ekan. 

Sirojiddin Jo`raevning ta`kidlashicha, Shohruhxon va Asal hozirda shaxsiy hayotda ham, ijodda ham birga. Shohruhxonning yangi klipida ham rafiqasi Asal suratga tushmoqda.  

Biroq Shohruhxon ham o`z sahifasidan Asal bilan to`ydan keyin tushgan suratlarini o`chirib tashladi. 

Shohruhxon avvaliga qoq o`rtasidan bo`lingan suratni yigit va qiz ikki tomonga ko`tarib ketayotgani aks etgan suratni joylab, muxlislar o`rtasida turli mish-mishlar yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Keyinroq esa uni o`chirib tashladi, ammo uning o`rniga mish-mishlarni “olovlantirgan” boshqa bir surat joyladi. Unda rus shoiri M.Lermontovning Men butun dunyoni sevishga tayyor edim, meni hech kim tushunmadi va men nafratlanishga o`rgandim" degan so`zlari keltirilgan edi. Oradan bir muddat vaqt o`tgach, xonandaning sahifasidan bu surat ham yo`qolib qoldi. 

Agar ma`mur aytganidek, bu xatti-harakatlar piar bo`lsa, nima sababdan suratlar o`chirib tashlandi? Bu tushunarsiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!