Argentina futboli afsonasi Maradona plastik jarrohlik yordamida yuzini torttirdi

08:57, 27 avgust

Argentina futboli afsonasi, mamlakat termasining sobiq futbolchisi va  murabbiyi Diego Maradona plastik jarrohlik amaliyotini o`tkazdi, deb xabar bermoqda iSport.ua portali.  

OAV vakillari 55 yoshli sobiq futbolchini yuzni torttirish bo`yicha plastik operasiya o`tkazadigan klinikadan chiqib kelayotganida “tutib” oldi va uning suratlarini oldi. Maradonaning yuzi maxsus niqob bilan o`rab olingandi.

Qayd etish keraki, argentinalik bir yarim yil oldin ham plastik jarrohga murojaat qilgan. 55 yoshli Maradona tashqi ko`rinishiga befarq emasligini ko`rsatmoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!