Sentyabrdan xavaskorlik va sport ovchiligi mavsumi boshlanadi

12:44, 27 avgust

2016−2017 xavaskorlik va sport ovchiligi mavsumining 3 sentyabrdan boshlanishi e`lon qilindi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” nashri. 

3 sentyabrdan 2016−2017 havaskorlik va sport ovchiligi mavsumi ochiladi, deb ma`lumot berdi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi matbuot xizmati.

5 ta davlat o`rmon xo`jaligi va 40 dan ziyod ovchilik-baliqchilik xo`jaliklarida ov ishtiyoqmandlari cho`l tulkilari, quyonlar, cho`chqa va boshqa yovvoyi hayvonlarni uchratishi mumkin. Mavsumda atrof-muhitga salbiy ta`sir ko`rsatish darajasini kamaytirish uchun O`zbekiston Respublikasida ov va baliq tutish qoidalariga qat`iy rioya etish zarur.

Ovchilik-baliqchilik xo`jaliklari ham, o`z navbatida, muhofaza va biometrik tadbirlar: hayvonlarni oziqlantirish, jonivor-zararkunandalarga qarshi kurashish, hayvonlar populyasiyasi hisobini amalga oshirishga majbur.

Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsat olgan barcha ovchilarga o`zi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ovchilik chiptasi, o`qotar quroldan foydalanilgan taqdirda, uni saqlash va olib yurish uchun hujjatlarni olib yurishni eslatib o`tdi.

Ovchilik mavsumi mobaynida Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasining hududiy bo`limlari tomonidan muntazam ravishda yovvoyi hayvonlarni ovlashga ajratilgan kvotalardan foydalanish yuzasidan monitoring olib boriladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!