Sardor Rashidov O`zbekiston milliy terma jamoasi safiga kelib qo`shildi

13:17, 27 avgust

O`zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qatarning “Al-Jaish” klubi  yarim himoyachisi Sardor Rashidov mamlakat termasi ixtiyoriga etib keldi.

O`FFning “Instagram”dagi sahifasida ma`lum qilinishicha, Suriyaga qarshi JCh–2018 musobaqasiga saralashning uchinchi bosqichiga tayyorgarlik davom etmoqda. Bugungi mashg`ulotlarni "Jar" stadionida o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabrdan Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi raundidagi ishtirokini boshlaydi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!