Oybekning Nigorasi ona bo`ldi

21:08, 27 avgust

Xonandalar Oybek va Nigora bugun farzandli bo`ldi. Bu haqda xonandalarning hamkasblari o`zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berib ularni qutlashmoqda.

Nigora 27 avgust kuni Toshkent shahridagi tug`ruqxonalardan birida o`g`il farzandni dunyoga keltirdi.

Bu haqda Nigora o`zining Instagramdagi saxifasida shunday deb yozadi: “Ollohga shukr, ona bo`ldim”.

Fursatdan foydalanib, ularni yangi mehmon bilan “Darakchi” ijodiy jamoasi nomidan qutlaymiz.

Ma`lumot uchun, Oybek va Nigora 2015 yilning 21 noyabr kuni turmush qurgan edi.   

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!