O`zbekiston futzal termasi o`rtoqlik o`yinida Eronga mag`lub bo`ldi

08:52, 29 avgust

Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Erondagi o`quv-mashg`ulot yig`ini doirasida Eron terma jamoasiga qarshi ilk o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi.

Eronga qarshi rejalashtirilgan o`rtoqlik uchrashuvlarining birinchisida mezbonlar biroz ustunlik qilishdi va ikkinchi bo`limda kiritilgan javobsiz uchta gol evaziga g`alaba qozonishdi. Bu haqda O`FF matbut xizmati ma`lum qildi.

O`yinning dastlabki bo`limida asosan qarshi hujum taktikasida to`p surgan Xose Mariya Mendez jamoasi bir qator hafvli vaziyatlarni yaratdi, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadi. O`yinning ikkinchi taymida eronlik futzalchilar faolroq harakat qilishdi va yakunda yirik – 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Terma jamoalar o`rtasidagi ikkinchi o`rtoqlik o`yini 29 avgust kuni bo`lib o`tadi.

Ta`kidlash joiz, mazkur o`yinlar har ikkala terma jamoa uchun ham sentyabr oyida Kolumbiyada start oladigan futzal bo`yicha Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

O`rtoqlik uchrashuvi

28 avgust. Mashhad, Eron

Eron – O`zbekiston 3:0 (0:0)

Gollar: Farhod Tavakkoli (24), Muhammad Tohiriy (31), Muhammad Keshavarz (34)

Chetlatishlar: Ahmad Ismoilpur – Javlon Anorov, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!